Kasbiy malakalarni rivojlantirişga munosib hissa qöşayotgan eng faol taşkilotlar e’tirof etiladi.
Tanlov tarmoq kengaşlari va iş beruvçi taşkilotlarning ilğor tajriba hamda samarali taşabbuslarini aniqlaş, e’tirof etiş va ommalaştirişga qaratilgan. Tanlov doirasida har bir nominatsiya iştirokçilari belgilangan baholaş mezonlari asosida alohida baholanadi. Tanlov jarayoni ixtiyoriylik, xolislik, şaffoflik va barça iştirokçilar uçun teng imkoniyatlarni ta’minlaş tamoyillari asosida taşkil etiladi
Özingizga mos yönalişni tanlang va baholaş mezonlari hamda kerakli hujjatlar bilan tanişing.
Har bir nominatsiya boşqa toifalar bilan taqqoslanmagan holda, alohida baholanadi.
Tanlov ikki bosqiçda taşkil etiladi:
— birinçi bosqiçda taqdim etilgan hujjatlarning belgilangan talablarga muvofiqligi tekşiriladi;
— ikkinçi bosqiçda esa saralaşdan muvaffaqiyatli ötgan iştirokçilar Tanlov komissiyasi tomonidan belgilangan mezonlar asosida mustaqil baholanadi.
Tanlovni ötkaziş şartlari va muddatlari tanlov boşlanişidan kamida 10 kalendar kun oldin belgilangan tartibda e’lon qilinadi.
Ariza va ilovalar bevosita, poçta orqali yoki elektron şaklda taqdim etiladi.
Işçi guruh hujjatlarning töliqligi va rasmiylaştirilişini tekşiradi.
Komissiya a'zolari mustaqil baholaydi. Har bir yönalişda eng yuqori ball ğolibni aniqlaydi.
Tanlovning aniq sanasi, hujjatlarni qabul qiliş manzili va oxirgi muddati rasmiy e'londa körsatiladi. Nizomga köra tanlov, qoida tariqasida, har yili noyabr oyida ötkaziladi.
Manfaatlar töqnaşuvi mavjud yoki ehtimoliy bölgan a’zo tegişli iştirokçini baholaş va qaror qabul qilişda qatnaşmaydi.
Har bir ball hujjat bilan asoslanadi. Asoslanmagan ball hisobga olinmaydi.
Eng yuqori yakuniy ball töplagan iştirokçi tegişli nominatsiya ğolibi deb topiladi.
Tanlov komissiyasi a’zolari taqdim etilgan hujjatlar asosida har bir iştirokçini belgilangan mezonlarga muvofiq 100 ballik tizimda mustaqil ravişda baholaydi. Yakuniy natija komissiya a’zolari tomonidan qöyilgan ballarning arifmetik örtaça qiymati asosida aniqlanadi.
Nizom bilan tanişişKasbiy malakalarni rivojlantiriş böyiça tarmoq kengaşlari va iş beruvçi taşkilotlar iştirok etişi mumkin. Iştirok ixtiyoriy asosda amalga oşiriladi.
Ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlar bevosita, poçta orqali yoki elektron şaklda taqdim etiladi. Hujjatlar röyxati tanlangan nominatsiyaga qarab belgilanadi.
Komissiya a'zolari har bir iştirokçini taqdim etilgan hujjatlar asosida mustaqil ravişda 100 ballik tizimda baholaydi. Yakuniy natija qöyilgan ballarning arifmetik örtaçasi böyiça aniqlanadi.
Iştirokçi tanlov natijalari e'lon qilingandan söng belgilangan muddatda taşkilotçiga yozma murojaat yuborişi mumkin. Murojaat nizomda körsatilgan tartibda körib çiqiladi.
Har bir nominatsiya ğolibi diplom hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlanadi. Tanlov natijalari rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinadi.